Urug' — bir martalik xarid emas: agar u kelib chiqishi noma'lum bo'lsa, siz butun mavsumni, ekish xarajatlarini va yer resursini xavf ostiga qo'yasiz. Past sifatli yoki qalbaki urug'lar tashqi ko'rinishidan original bilan deyarli farq qilmasligi mumkin — shuning uchun xarid vaqtida quyidagi belgilarga e'tibor berish muhim.

1. QR-kod yo'qligi yoki ishlamasligi

Har bir original KWS qadog'ida noyob partiya QR-kodi bo'lishi kerak. Uni skanerlaganingizda partiya haqida to'liq ma'lumot (ishlab chiqarilgan sana, unuvchanlik foizi, kelib chiqishi) ko'rsatilishi lozim. Agar QR-kod umuman yo'q, o'chirilgan yoki skanerlanganda hech qanday ma'lumot chiqmasa — bu jiddiy signal.

2. 1000 dona vazni partiya pasportiga to'g'ri kelmasligi

Har bir gibridning o'ziga xos 1000 dona urug' vazni diapazoni bor (masalan, KALUMET uchun 370–390 gramm atrofida). Agar sotuvchi taqdim etgan hujjatdagi raqam bu diapazondan sezilarli darajada chetga chiqsa yoki umuman hujjat mavjud bo'lmasa — bu partiya kelib chiqishiga shubha bilan qarash kerak.

3. Rasmiy dilerlik tasdig'i yo'q sotuvchi

Original KWS urug'lari O'zbekistonda faqat rasmiy tasdiqlangan distribyutorlar orqali tarqatiladi. Agar sotuvchi o'zining rasmiy diler ekanligini hujjat bilan tasdiqlay olmasa yoki savol berilganda javobdan qochsa — bu ehtiyot bo'lish uchun yetarli sabab.

4. Narx bozor o'rtachasidan sezilarli past

Agar narx boshqa rasmiy manbalardagidan g'ayrioddiy past bo'lsa, bu ko'pincha signal — original mahsulotni bunday narxda taklif qilish iqtisodiy jihatdan mantiqsiz. Juda "qulay" taklif ko'pincha sifat yoki kelib chiqish hisobiga keladi.

5. Qadoq zavod plombasisiz yoki ochilgan holda

Original qadoq zavod shароitida yopiladi va plomba shikastlanmagan bo'lishi kerak. Agar qop allaqachon ochilgan, qayta yopilgan yoki plomba yo'q holatda sotilsa — ichidagi urug'ning haqiqiy kelib chiqishini kafolatlash mumkin emas.

Xarid qilishdan oldin nima qilish kerak

  • QR-kodni sotib olishdan oldin, hali qadoq yopiq holatdayoq so'rab ko'ring
  • Partiya sertifikati raqamini yozib oling
  • Sotuvchining rasmiy dilerlik holatini tasdiqlovchi hujjatni so'rang
  • Narx boshqa manbalar bilan sezilarli farq qilsa — sababini aniqlashtiring

EXPONENT orqali sotib olingan har bir partiya — to'g'ridan-to'g'ri KWS SAAT SE & Co. KGaA'dan rasmiy import qilinadi, zavod plombasi va sertifikat bilan yetkaziladi. Shubhangiz bo'lsa, mintaqaviy vakildan partiya raqamini so'rashingiz mumkin — bu oddiy va normal amaliyot.